Soxta tadbirkorlik, narx manipulyatsiyasi va soliqdan qochish sxemalari ustidan nazoratni kuchaytirish orqali besh yil ichida yashirin iqtisodiyotni ikki barobar qisqartirmoqchimiz, dedi Soliq qo‘mitasi vakili. Unga ko‘ra, ushbu choralar 2025-yilda davlat budjetiga 20 trln so‘m jalb etish imkonini beradi.
Energetika vazirligi rahbari Jo‘rabek Mirzamahmudov prezident huzuridagi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha noyabr oyida sovuq tufayli aholi uchun ham, iqtisodiyot tarmoqlari uchun ham energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash uchun zaxiralar, jumladan, gaz omboridan gaz jalb qilinganini ma’lum qildi.
Yirik korxonalar uchun imtiyozlarni bekor qilish oqibatlarini yumshatish uchun O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lganda 2−3 yil oralig‘ida o‘tish davri oladi, dedi Soliq qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Mubin Mirzayev. U, shuningdek, JSTga a’zo bo‘lishning afzalliklarini qayd etdi.
Birinchi yarimyillikda O‘zbekiston 5,2 mlrd kub metr — o‘tgan yil olti oyiga nisbatan qariyb 2,3 barobar ko‘p gaz import qildi. Gaz 1000 kub metri uchun 160 dollardan olib kelinmoqda. Soliq qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilvosita soliqlar (aksiz, QQS) ulushining kamayishini gaz bilan bog‘ladi.
Foydali qazilmalar qazib oluvchi kompaniyalar uchun navbatdagi imtiyozni joriy etish reja qilinmoqda. Kelasi 2 yilda metall va uglevodorodlar qazib olishni boshlaydiganlar renta solig‘idan umrbod ozod etilishi mumkin. Deputat Doniyor G‘aniyev bunga qarshi chiqsa-da, hamkasblari normani baribir qabul qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting